12:56 / 21.07.2018
4 369

Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinish ishida "muhim dalil" topildi

Туркиядаги давлат тўнтарувига уриниш ишида "муҳим далил" топилди
Turkiyada 2016 yil 15 iyulda davlat to‘ntaruviga urinish oldi olingandan keyin 4 mingdan ko‘proq prokuror va sudyalar bo‘shatib yuborilgan. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Abdulxamit Gul ma’lum qildi.

Gul to‘ntaruvga urinishni tashkillashtirishda gumon qilinayotgan muxolifatchi Fathulla Gulenning AQShdan ekstraditsiyasiga izoh berib, to‘ntaruvga urinishga taalluqli yana bir muhim dalil topilganini ma’lum qilgan. “Dalil Gulen tarafdorlaridan birining telefoni xotirasida bo‘lgan va Gulen terrorchilik oqimining to‘ntaruvga urinish voqealariga aloqadorligini isbotlaydi”, deb aytgan Gul.

Gul 20 iyul kechki vaqt AQSh bosh prokurori bilan Gulenning topshirilishi masalasini muhokama qilishini ma’lum qilgan.

Turkiyada 2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Gulen oqimi a’zolari bo‘lgan harbiylar mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olishga urinishni amalga oshirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinish ishida "muhim dalil" topildi