19:38 / 23.07.2018
5 015

AQSh prezidenti Eronni ogohlantirdi

AQSh prezidenti Eronni ogohlantirdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Eron Qo‘shma Shtatlarga tahdid qilishda davom etsa «azob-uqubatga duchor bo‘ladi». Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

«Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga: Qo‘shma Shtatlarga bundan keyin umuman tahdid qilmang, yoki sizlar oqibatlar tufayli azob-uqubatlarga duchor bo‘lasiz. Ularni sizlar o‘z tarixingizda hali ko‘rmagan ham bo‘lib chiqasiz. Biz endi sizlarning shafqatsizlik va o‘lim haqidagi ahmoqona so‘zlaringizga chidab o‘tiradigan davlat emasmiz. Ehtiyot bo‘ling!» - deya ta’kidlab o‘tdi Tramp.

Avvalroq, Ruhoniy Eron bilan harbiy to‘qnashuv «barcha urushlarning onasi» bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Mayk Pompeo Eron hukumatini mafiya bilan tenglashtirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh prezidenti Eronni ogohlantirdi