23:53 / 26.07.2018
5 927

Islomni qabul qilgan mashhur rok yulduzi

Islomni qabul qilgan mashhur rok yulduzi
Mashhur rok qo‘shiqchi Ket Stivens 1975 yilda baxtsiz hodisaga duchor bo‘ldi. Ancha vaqtdan keyin bu haqda intervyuda gapirib beradi:

«Dengizga cho‘kayotganimda ahvolim og‘irligi hamda vafotim yaqinligini tushuna boshladim, shunda:

– Ey Robb, agar meni cho‘kishdan saqlab qolsang, men qolgan umrimni seni yo‘lingga bag‘ishlayman deb yalina boshladim. Alloh saqlab qoldi.

Shundan keyin dastlab buddizm bilan, raqamlar bilan fol ochish va astrologiya bilan qiziqib yurdim. Keyinchalik birodarim Devid menga Qur’on kitobini sovg‘a qildi. Bu kitob meni hayotimni butunlay o‘zgartirib yubordi».

1977 yilda Ket Stivens qo‘shiqchilikni tashladi va Islom dinini qabul qildi. O‘z ismini Yusuf Islom deya o‘zgartirdi. Shundan so‘ng Yusuf Islom to‘plagan mablag‘larini musulmonlarni qo‘llab-quvvatlash jamiyatlariga, turli xayriya fondlariga o‘tkazdi. Iroq, Malayziya va Falastinda qiyinchilikda yashayotgan din qardoshlariga yordam berib, umrini islomga xizmat qilishga bag‘ishladi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islomni qabul qilgan mashhur rok yulduzi