22:57 / 27.07.2018
6 592

AQShning zaif tomoni qayerda? Rossiya va Xitoy buni topdi!

AQShning zaif tomoni qayerda? Rossiya va Xitoy buni topdi!
Rossiya va Xitoy AQShning zaif tomonini topdi, bu davlat obligatsiyalaridir, deb xabar qilmoqda Business Insiderga asoslanib Kun.uz.

Ta’kidlanishicha, Rossiya AQShning 96 mlrd dollar miqdoridagi davlat qimmatli qog‘ozlariga egalik qilgani holda, 2018 yilning aprel va may oylarida ularning katta qismidan qutulib, 15 mlrd dollardan kamroq miqdordagi obligatsiyalarni qoldirdi.

Nashrning qayd etishicha, Rossiya tomonida qimmatli qog‘ozlardan voz kechish uchun ko‘plab sabablar bor edi, jumladan, sanksiyalar tufayli ham.

Shu bilan birga, AQSh davlat qarzining eng yirik egasi Xitoy sanaladi. Agarda Pekin davlat obligatsiyalaridan voz kechishni boshlasa, unda Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyoti ancha katta yo‘qotishlarga uchraydi, deb yozadi nashr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning zaif tomoni qayerda? Rossiya va Xitoy buni topdi!