08:58 / 28.07.2018
9 655

Turkmanistonda talaba qizlarga tor kiyimda yurish taqiqlandi

Turkmanistonda talaba qizlarga tor kiyimda yurish taqiqlandi
Barcha o‘quv yurtlaridagi talabalar keng, uzun ko‘ylak va milliy lozimlarda yurishi shart. Shu haqdagi qaror mamlakat maorif vazirligi tarafidan qabul qilingan.

Qaror maktablardagi o‘quvchi qizlarga ham tegishli. Ular ham yuqorida ta’kidlanganidek, faqat milliy liboslarda maktabga kelishlari kerak. Kiyim barcha o‘quvchi qizlarda bir xil bo‘lishi va alohida tanlangan korxonada tikilishi zarur.

Aytishlaricha, Ashxoboddagi №55, №57 maktablarda ham o‘quvchi qizlarning faqat milliy kiyimlarda bo‘lishi tayinlangan. Vaholanki, bu maktablarda rus, turk, arman, ozarbayjon, koreys millatiga mansub qizlar ta’lim olishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda talaba qizlarga tor kiyimda yurish taqiqlandi