18:30 / 29.07.2018
5 656

Amerikada yana bir odam lotereya o‘ynab 522 million dollar yutib oldi

Amerikada yana bir odam lotereya o‘ynab 522 million dollar yutib oldi
Amerikaning Kaliforniya shtatida yashovchi nomi sir tutilayotgan erkak ertalab uyg‘ondi-yu, millionerga aylandi. U San-Xose shahridagi do‘kondan «Mega Millions» lotereyasini sotib olgandi. Oltita raqam ham to‘g‘ri kelibdi. Natijada u jami 522 million dollarga teng jekpotni yutib oldi. Bu lotereya tarixidagi yutib olingan beshinchi katta yutuq ekan.

— Men haliyam o‘zimga kela olmayapman, — deydi lotereya chiptasini sotgan do‘kon mudiri. — Demak, bizda haqiqatan lotereya o‘ynab katta pul yutib olish mumkin ekan-da!..

Ushbu lotereya jekpoti mamlakatning 44 ta shtatida sotilgan chiptalar hisobidan yig‘iladi. Yutuq egasi agar pullarni birdan olishni xohlasa, 308 million dollar beriladi. Qolgan pullar lotereya hisobida qoladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada yana bir odam lotereya o‘ynab 522 million dollar yutib oldi