11:27 / 30.07.2018
3 776

Volgogradda arzon pitssa uchun ulkan navbat yuzaga keldi (foto)

Volgogradda arzon pitssa uchun ulkan navbat yuzaga keldi (foto)
Rossiyaning Volgograd shahri tumanlaridan birida aksiya bo‘yicha arzon pitssa uchun turnaqator navbat yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki pitssa uchun navbatdagi o‘rinlar sotilishi haqida e’lonlar paydo bo‘lgan.

Bunga esa pitssa sotuvchi tarmoqning yangi shoxobchasi ochilgani sabab bo‘lgan. Yangi shoxobcha ochilishi kuni 3 mingta pepperoni pitssasi tayyorlashga qaror qilgan. Biroq e’tiborlisi, pitsseriya aksiya doirasida odatda 365 rubl turuvchi pitssani 100 rubldan sotishini aytgan. Pitsseriyada 3 mingta pitssa pishirib bo‘lingach, aksiya yakunlanishi aytilgan.

Shaharliklar shu munosabat bilan arzon pitssa uchun pitsseriya ochiladigan vaqt – soat 8:00dan navbatga tura boshlashgan.

Foto: VKontakte/Yulii Pavlovoy
Pitsseriya bir odamga sotiladigan pitssa soni bo‘yicha cheklov kiritmagan. Ma’lum qilinishicha, ba’zilar, 5 ta, 10 ta va hattoki 20 talab pitssa xarid qilishgan. Shuningdek, navbatdagi o‘rinni sotish bo‘yicha ham takliflar paydo bo‘lgan, biroq bundan kimdir foydalangani ma’lum qilinmagan.

Foto: VKontakte/Yulii Pavlovoy
Pitsseriya vakillarining ma’lum qilishicha, soat 14:00ga kelib 1500 ta pitssa sotib bo‘lingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Volgogradda arzon pitssa uchun ulkan navbat yuzaga keldi (foto)