23:14 / 01.08.2018
10 539

Jinoyat olamida Surik Andijoniy laqabi bilan mashhur Suren Tavadov «Qonundagi o‘g‘ri» «titul»idan mahrum bo‘ldi

Jinoyat olamida Surik Andijoniy laqabi bilan mashhur Suren Tavadov «Qonundagi o‘g‘ri» «titul»idan mahrum bo‘ldi
Ma’lum bo‘lishicha, bu ishning boshida Rossiyadagi jinoyat olami «qiroli» Zaxariy Kalashov (Shakro Molodoy) turgan. Ya’ni, Andijoniy olmos biznesi bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan bir necha million dollar miqdorida «ulush» olgan. Ammo bu pullarni Shakro Molodoy bilan bo‘lishmagan.

Endi ozgina ortga qaytsak. «Surik Andijoniy» «qonundagi o‘g‘ri» «titul»iga 2004 yili ega bo‘lgan. Bu yig‘inda marhum o‘g‘ri Ded Hasan shaxsan ishtirok etgan. Shu sababli Andijoniy tartibga ko‘ra o‘tadigan suhbatga ham jalb etilmagan.

Lekin Ded Hasan o‘ldirib ketilgach, Andijoniyning boshiga kulfatlar yog‘ila boshladi. Uni politsiyachilar bir necha marta profilaktik reydlar davomida qo‘lga olishdi. 2015 yil avgustida esa qanchadir gramm geroinni uyida saqlaganlikda ayblanib, uy qamog‘iga mahkum etildi. Surik Andijoniy esa uy qamog‘i tartibini qayta-qayta buzavergach, SIZO ga olib ketishga majbur bo‘lishdi. Biroq 10 million rubl pulni garov sifatida to‘lab qamoqdan chiqdi. Aytishlaricha, tergov izolyatoridalik paytidayoq uni «qonundagi o‘g‘ri» «titul»idan mahrum etishga kirishishgan.

Buning boshida esa kutilganidek, Shakro Molodoy turgan. Chunki u Andijoniydan o‘sha o‘zi mo‘ljallagan ulushni ololmagach, qattiq ranjigan va jazolashga ahd qilgandi. 2016 yil iyulida Shakroni qamoqqa olishdi va o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Demak, u Andijoniyni tituldan mahrum etishga ulgurmadi. Ammo bu fojia emasdi. Garchi Surik Shakro qamalgach, bir nechta «qonundagi o‘g‘ri»lar bilan uchrasha boshlagan, ular Surikning titulini tan olishgan bo‘lsa-da, jazodan qochib qutula olmadi.

Yaqinda Rossiyadagi o‘g‘rilar «Obщagi»ning ishonchli qo‘riqchisi Kaxaber Parpali (Kaxa Galskiy) Shakroning ko‘rsatmasiga binoan Surik Andijoniyni Moskvadagi restoranlardan biriga taklif etdi. O‘sha yerda uni tan olgan yangi o‘g‘riboshilar ham ishtirok etdi. Surik shu kuni tituldan mahrum etildi. Bundan tashqari, baribir olmos biznesi egalaridan olgan pullarning ma’lum qismini Shakro Molodoyga yetkazishi majburiy deb qo‘yildi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jinoyat olamida Surik Andijoniy laqabi bilan mashhur Suren Tavadov «Qonundagi o‘g‘ri» «titul»idan mahrum bo‘ldi