13:57 / 04.08.2018
4 810

Qozoq elida nima gaplar?!

Qozoq elida nima gaplar?!
Qozog‘istonga qochib o‘tgan, xitoylik qozoqlardan bo‘lgan Sayragul Sautboyni Xitoy deportatsiya qilishini talab qilayotgan edi. Ammo, Almati viloyatining Jarkent shahri sudi uni sud zalidan ozod qildi. (Chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun shartli ravishda 6 oy jazo qo‘llanilgan bo‘lsa ham uni Xitoyga qaytarib yubormaydigan bo‘ldi). Sud boshlanishidan oldin o‘z millatdosh ayolini qo‘llab-quvvatlash uchun Qozog‘istonning turli joylaridan juda ko‘p odamlar yig‘ildi. Bu ayolga Qozog‘iston fuqaroligi ham beriladigan bo‘ldi.

Eslatib, o‘tamiz, Sayragul xonim bahor oyida qalbaki hujjatlar bilan oilasi bilan bir bo‘lish uchun Xitoy-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan edi. Uning eri va ikki farzandi ikki yil oldin Qozog‘iston fuqaroligini olgan edilar. Ayolga esa Xitoy hukumati mamlakatni tark qilishga va Qozog‘iston fuqaroligini olishga ruxsat bermagan. Bunga sabab bu ayolning davlat ishida ishlagani (bolalar bog‘chasida tarbiyachi) va kommunistik partiya a’zosi bo‘lgani, deb ko‘rsatilgan. Bundan tashqari Sayragul xonimni 2500 qozoq ushlab turilgan musulmonlar uchun maxsus lagerda saqlangan. Xullas, oilasi bag‘riga qaytish uchun u chegaradan bir amallab o‘tib olgan. Xitoy konsulligining vakillarining ishtirokidagi sudda Sayragul musulmonlar uchun maxsus lagerlarni aslida turmalar ekanini aytgan (davlat siri).

Agar Sayragul Xitoyga deportatsiya qilinganida uni o‘lim jazosi yoki uzoq muddatli qamoq kutib turgan edi...

Sud zalidan ozod qilingan Sayragulni xalq qahramoni sifatida xalqi quchoq ochib, "Allohu akbar" takbirlari bilan kutib oldi... Qozog‘istonning sud va prokuraturasi ham xalq bilan bir ekanini ko‘rsatdi, deydi kuzatuvchilar... Sayragul eng avvalo masjidni ziyorat qildi... so‘ng shaharning eng yaxshi taomxonasida uning sharafiga mard qozoqlar ziyofat uyushtirib beribdi...

Qozoq elida ana shunday gaplar.
Abu MUSLIM

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozoq elida nima gaplar?!