Shimoliy Koreya rahbari trolleybus va tramvay ishlab chiqaruvchi ikki zavod faoliyati hamda jamoat transportining zamonaviy modellari bilan tanishdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.
Kim Chen In Pxenyan trolleybus zavodida bo‘ldi, u yerda trolleybuslarning yangi modifikatsiyasi namoyish etilgan. Mamlakat boshlig‘i transport salonidagi qulayliklar oldingi modeldagidan ancha yaxshi ekanligini alohida ta’kidladi. Bundan tashqari, Kim Chen In zavodni modernizatsiyalash rejasini o‘rganib chiqib, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha topshiriq berdi.
Shundan so‘ng, u trolleybus yangi modelini ko‘rish maqsadida Pxenyandagi tramvay deposiga tashrif buyurdi. Yangi namuna asosiy detallari (g‘ildirak, shisha va o‘rindiq) mahalliy zavodlarda ishlab chiqarilgan.
Kim Chen In trolleybus va tramvayda kechki sayrni amalga oshirdi.
NK News portalida aytilishicha, yangi tramvaylar Pxenyan shimoli-sharqini markaz bilan bog‘lovchi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi. Transport saloni informatsion tablo va konditsionerlar bilan jihozlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi