19:18 / 08.08.2018
6 018

Xitoyda 4 ko‘z va 2 og‘izli buzoq dunyoga keldi

Xitoyda 4 ko‘z va 2 og‘izli buzoq dunyoga keldi
Xitoyning Shensi viloyatiga qarashli Dungou qishlog‘ida ikki boshli mutant buzoqcha dunyo yuzini ko‘rdi. Uning to‘rtta ko‘z va ikki og‘izliligi qishloqdagilarni yanada hayratga soldi.

— Avvaliga payqamabman, — deydi buzoqchaning egasi Fen Venxun. — Keyin yaqinroq borib qarasam, buzoqchaning ikkita boshi, to‘rtta ko‘zi va ikkita og‘zi bor ekan. Ikkala og‘zi bilan ham sut emyapti. Lekin boshi ikkitaligidan vazn og‘irlashgani sababli tik oyoqda tura olmaydi…

Mutant buzoqchani tomosha qilishga butun qishloq ahli keldi. Hudud o‘rmonchilik punkti direktor o‘rinbosari Sindu U Veyning gapiga qaraganda, bu buzoqcha uzoq yashay olmaydi. Lekin hozircha buzoqcha mutant o‘zini yaxshi his etyapti. Oyoqqa tura olmasa-da, ishtahasi yaxshi. To‘rtta ko‘z bilan dunyoga boqmoqda…

Shu yil iyulida Braziliyada ham ikki boshli buzoqcha mutant tug‘ilgandi. Mahalliy mutaxassislar bu hodisa yaqin qarindoshlar bilan jinsiy munosabatga kirish tufayli sodir bo‘lganini aytishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 4 ko‘z va 2 og‘izli buzoq dunyoga keldi