14:51 / 10.08.2018
3 470

Basketbolchi to‘pni uchib ketayotgan samolyotdan halqaga aniq tashladi (video)

Basketbolchi to‘pni uchib ketayotgan samolyotdan halqaga aniq tashladi (video)
Amerikalik basketbolchi Bull Bullard uchib ketayotgan samolyotdan to‘p otish bilan bog‘liq tryukni amalga oshirdi. Sportchi Instagram’dagi sahifasida tegishli videoni joylashtirgan.

Basketbol halqasi uchish-qo‘nish yo‘lagiga o‘rnatilgan. Bullard tepadan uchib ketayotgan samolyot kabinasida bo‘lgan holda to‘pni halqaga aniq joyladi.

Amerikalik «Xarlem Gloubtrotters» - o‘z chiqishlarida sport va shouni uyg‘unlashtiruvchi ko‘rgazmali jamoa tarkibiga kiradi. Shuningdek, Bullard «Amerikalik jangchi nindzya» teleshousida ham ishtirok etgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Basketbolchi to‘pni uchib ketayotgan samolyotdan halqaga aniq tashladi (video)