Foto: «Hurriyet.com»
Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) astronavti Darrel Miklos Bermud uchburchagida topilgan eski qoldiqning o‘zga sayyoraliklar kemasiga tegishli ekanini da’vo qilmoqda. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
«Discovery Channel» telekanali dasturlaridan birida qatnashgan Darrel Miklosning Bermud uchburchagida topilgan qoldiq haqidagi so‘zlari bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Miklos topilma minglab yillar avval Yer yuziga tushgan o‘zga sayyoraliklarning kemasiga tegishli ekanini aytgan. Uning tarafdorlari bo‘lgan geofiziklar ham kema qoplamasi bo‘lgan marjon kamida 5 ming yillik tarixga ega ekanini ma’lum qilishgan.
Miklos tadqiqotlarida NASAning afsonaviy astronavti Gordon Kuperning maxfiy xaritalaridan foydalangan. U topib olgan qoldiqning hajmi ikkita futbol maydoniga teng ekan.
Bermud uchburchagi tarixda ko‘plab kemalar qabristoni bo‘lgan sirli makon sifatida dunyoga mashhur.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi