"Eronning neft eksporti sutkasiga 90 ming barrelga kamayib, 2,19 million barrelgacha tushib ketdi, sababi Yevropadagi iste’molchilar neft sotib olishni qisqartirmoqda, Janubiy Koreya esa Amerika sanksiyalari tiklanishi arafasida neft sotib olishni butkul to‘xtatdi", — deb ma’lum qildi Xalqaro energetika agentligi o‘zining oylik hisobotida.
Agentlikning bildirishicha, Eronning Yevropaga neft eksporti iyulda sutkasiga 410 ming barrelni tashkil etgan. 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich sutkasiga 750 ming barrelga teng bo‘lgan. Fransiyaga neft yetkazib berish butunlay to‘xtatilgan.
Shu bilan birga, iyul oyida Eronning Osiyo mamlakatlariga neft eksporti oshgan – sutkasiga 1,65 million barrel. Bunga Xitoy va Hindistonning neft sotib olishni ko‘paytirgani sabab bo‘lgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp shu yilning may oyida Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini va Eronga nisbatan nafaqat avvalgi, balki yangi sanksiyalarni joriy etishini ma’lum qilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi