10:58 / 11.08.2018
4 141

2018 yil 6 oyi davomida Dubayga qancha sayyoh borgani ma’lum qilindi

2018 yil 6 oyi davomida Dubayga qancha sayyoh borgani ma’lum qilindi
2018 yilning birinchi yarmida Dubay butun dunyodan 8,1 million nafar sayyohni qabul qildi. Kun.uz shu haqida xabar berdi.

Mazkur statistika Dubayda kamida bir sutkaga to‘xtagan barcha mehmonlarni o‘z ichiga olgan.

Dubay Turizm va tijoriy marketing departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, uch asosiy bozor o‘tgan yilning shu davriga nisbatan barqaror natijalarni qayd etgan - bu Hindiston, Saudiya Arabistoni va Buyuk Britaniya.

Xitoydan tashrif buyurganlar soni 453 ming (+9 foiz)ni tashkil qilib, to‘rtinchi o‘rinni qayd etdi. Eng tez o‘sayotgan bozorlar ro‘yxatini Rossiya boshqardi. Birinchi yarim yillikda bu mamlakatdan borganlar soni 405 ming nafarni tashkil qilgan (+74 foiz).

Ta’kidlash joizki, Xitoyga ham, RFga ham ko‘rsatkichlarni oshirishda vizasiz rejim yordam bermoqda. Dubay turistik hukumati shuningdek sayyohlar oqimi oshishining boshqa sabablarini ham ko‘rsatmoqda. Masalan, yaqinda joriy qilingan tranzit vizalar - ular tufayli tranzit yo‘lovchilar BAAda ilk 48 soat davomida bo‘lish uchun barcha to‘lovlardan ozod etilmoqda.

Dubay foydasiga qo‘shimcha dalillar orasida mehmonxona bazasining xilma-xilligi ham qayd etilgan. Bugungi kunda amirlikda 111 317 nomerni o‘z ichiga olgan 700 mehmonxona sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2018 yil 6 oyi davomida Dubayga qancha sayyoh borgani ma’lum qilindi