17:25 / 11.08.2018
6 328

Argentinada sigirlar rostdan ham o‘zga sayyoraliklarning changaliga tushganmi?

Argentinada sigirlar rostdan ham o‘zga sayyoraliklarning changaliga tushganmi?
Yaqinda Argentinaning Santa-Fe viloyatida yashovchi fermer Norberto Biyeri ixtiyoridagi barcha sigirlar bo‘g‘izlab ketilganiga guvoh bo‘ldi. Darhol politsiyaga xabar qilindi. Ammo politsiyachilar qidira-qidira, o‘g‘ri-qotilni topa olishmadi. Ajablanarlisi, sigirlarning barchasi lezviya emas, lazerga o‘xshash sirli uskuna yordamida so‘yib ketilgan. Lekin yerga bir tomchi ham qon tushmagandi. Mana shu narsa politsiya xodimlarini boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ydi.

Qarangki, Biyeri barchani ajablantirib, kutilmaganda bir gapni aytib qoldi.

— Bu ishda kimning qo‘li borligini bilaman, — dedi fermer. — Odam bu ishni qila olmasdi. Sigirlarimni o‘zga sayyoraliklar bo‘g‘izlagan. Ana, bir tomchi qon yo‘q. Sigirlarning hammasi bir xil joyidan bo‘g‘izlangan. Bo‘g‘izlanganda ham oddiy tig‘ emas, lazerdan foydalanilgan. Sira shubham yo‘q. O‘zga sayyoraliklar biz yerliklarning qoramolida o‘zlarigagina ma’lum bir izlanishlarni o‘tkazishyapti…

Politsiyachilar ham bu gaplarga ishonishdan bo‘lak chora topa olishmadi. Sababi, bunday voqealar Argentinada tez-tez sodir bo‘lib turadi. Har gal uy hayvonlarini bo‘g‘izlashadi-yu, ammo bir tomchi ham qon to‘kilmaydi. Ustiga-ustak qoramollar juda aniq hisob-kitoblar asosida bo‘g‘izlanadi. Afsuski, hali hech kim o‘zga sayyoralik qotillarni tuta olgan emas.

Manba: "Hordiq"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Argentinada sigirlar rostdan ham o‘zga sayyoraliklarning changaliga tushganmi?