11:00 / 12.08.2018
5 340

Yana Afg‘oniston haqida. Bu safar portlash emas, xushxabar

Yana Afg‘oniston haqida. Bu safar portlash emas, xushxabar
Foto: «for.kg»
Yillar davomida bo‘hronlar ichida qolgan Afg‘oniston yangi barpo etilgan radiolokatsion tizim tufayli chet davlatlar nazoratidagi havo sohasini qaytarib oldi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

Davlat rahbari matbuot kotibi Shoh Husayn Murtazoviyning ma’lum qilishicha, 26 yildan beri Afg‘onistonning havo sohasini xorij davlatlari nazorati qilib kelar ekan. Kobul xalqaro aeroportiga yangi radiolokatsion tizimning o‘rnatilishi munosabati bilan Afg‘on hukumati o‘z havo sohasini qaytarib oldi.

Afg‘oniston havo yo‘llari milliy aviakomaniyasi rahbari Mahmud Shoh Habibiyning aytishicha, Afg‘oniston havo sohasi yanada xavfsiz bo‘lar ekan.

Yangi o‘rnatilgan qurilma xarajatlari qariyb 30 million dollarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yana Afg‘oniston haqida. Bu safar portlash emas, xushxabar