08:58 / 21.08.2018
4 723

Turkmaniston prezidenti sahroda avtoralliga tayyorlanayotib qumga tiqilib qoldi (video)

Turkmaniston prezidenti sahroda avtoralliga tayyorlanayotib qumga tiqilib qoldi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Amul-Xazar” rallisiga tayyorgarlik doirasida sahroda mashg‘ulot o‘tkazdi. Prezidentning sinov yurishi tasvirlangan videoyozuv “Xronika Turkmenistana” tomonidan e’lon qilindi.

TDX axborot agentligining bildirishicha, mashg‘ulot Qoraqum sahrosida o‘tkazilgan. Berdimuhamedov sahroda sinovdan o‘tkazgan ralli avtomobili prezidentning o‘zi tomonidan loyihalangan va yig‘ilgan.

Sinov vaqtida mashina qumga tiqilib qoldi, ammo Turkmaniston rahbari abjirlik bilan mashina g‘ildiraklari ostiga qurigan shox-shabbalardan tashlab, qum “changali”dan chiqa oldi va yo‘lida davom etdi.

“Amul-Xazar 2018” xalqaro avtorallisi 9-14 sentyabr kunlari Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.

Iyun oyida Turkmaniston prezidenti o‘z chizmalari asosida poyga mashinasini yig‘di, bir oy ilgari esa ralli avtomobillari poygasida qatnashib navbatdagi g‘alabasiga erishdi — u 2015 yil avgustda “Alfa-Romeo-2015” musobaqalarida g‘alaba qozongandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti sahroda avtoralliga tayyorlanayotib qumga tiqilib qoldi (video)