«Tolibon» harakati vakillari 4 sentabr kuni Moskvaga Afg'onistondagi vaziyatni tinch yo'l bilan hal qilish bo'yicha xalqaro uchrashuvda ishtirok etish uchun keladilar. Bu haqda Rossiya prezidentining maxsus vakili, RF TIV Osiyo ikkinchi departamenti rahbari Zamir Kabulov «Izvestiya» nashriga ma`lum qildi.
«Ha, ular 4 sentabr kuni keladi. Hozir uchrashuvga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda», - deya xabar berdi Kabulov.
Maslahatlashuvlarda Rossiya bilan bir qatorda, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Afg'oniston, Tojikiston, O'zbekiston, Turkmaniston, Qozog'iston va Qirg'iziston vakillari ham ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilning 7-10 avgust kunlari Doha shahrida joylashgan «Tolibon» harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. «Tolibon» harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan. Uchrashuvda Afg'onistonda tinchlik o'rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shundan so'ng O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Tolibon» harakatining Toshkentda siyosiy idorasi ochilishi haqidagi ma`lumotni rad etdi. Avvalroq, Reuters toliblar vakiliga tayangan holda, bu harakat O'zbekiston poytaxtida siyosiy idora ochgani haqida xabar bergandi. «Bu masala muhokama qilinmadi. Hech qanday idora ochilayotgani yo'q», - deya aniqlik kiritgan RIA Novosti suhbatdoshi idora ochilishi haqidagi ma`lumotlarga izoh berib. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi