14:42 / 21.08.2018
10 433

Makkada ro'y bergan kuchli shamol Ka`ba yoping'ichini uchirib ketdi (video)

Makkada ro'y bergan kuchli shamol Ka`ba yoping'ichini uchirib ketdi (video)
Saudiya Arabistonining Makka shahrida yomg'ir bilan birga kuzatilgan kuchli shamol yakshanba kuni Ka`ba ustidan yoping'ich — kisvani yulib ketdi, deb xabar beradi Kun.uz.

Shu vaqt Al-Harom masjidida bo'lib turib, Ka`bani tavof etayotgan ziyoratchilar bu hodisani suratga olishga ulgurishdi.

Kadrlarda ko'rinishicha, kuchli shamol tilla iplar bilan Qur`on oyatlari tushirilgan va qora ipakdan to'qilgan kisvani uchirayotganini ko'rish mumkin.

Mutaxassislarning xabar berishlaricha, qum bo'roni havo haroratining nihoyatda yuqori ekanligi va yuqori namlik tufayli kelib chiqqan.

Noqulay ob-havo tufayli Arofat tog'i etagidagi ziyoratchilarning chodirlariga ham ziyon yetgan.

Yakshanba kuni tongdan Makka shahrida musulmonlarning har yillik muqaddas joylarga ziyorati — haj boshlandi. Bu yili haj marosimlarida butun jahondan kelgan ikki milliondan ortiq hojilar ishtirok etishmoqda.

Kisva — tilla iplar bilan naqshlar tushirilgan va qor ipakdan to'qilgan, Ka`ba devorlarini yopib turuvchi an`anaviy yoping'ichdir. Uzunligi 41 metrga teng bo'lgan yoping'ich har yili Qurbon hayiti arafasida almashtiriladi.

Ushbu voqea aks etgan videolavhani quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makkada ro'y bergan kuchli shamol Ka`ba yoping'ichini uchirib ketdi (video)