00:14 / 22.08.2018
3 317

Qozog'istonlik kurashchi 40 kilolik qo'chqorni 510 marta ko'tardi

Qozog'istonlik kurashchi 40 kilolik qo'chqorni 510 marta ko'tardi
Olma-otada Qurbon hayit munosabati bilan milliy sport turlari bo'yicha musobaqalar o.

Hayit namozidan so'ng boshlangan tadbirlarda 4,5 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Barcha xohlovchilar qo'chqor ko'tarish, armrestling, ustunga osilib chiqish, oshiq otish kabi o'yinlarda o'zlarini sinab ko'rishdi.

Baurjon Abdixayim va Ilyos Jumay 40 kilolik qo'chqorlarni mos ravishda 505 va 510 martadan ko'tarishib g'olibga aylanishdi.

«Musobaqada qatnashaymi-yo'qmi deb uzoq o'yladim. Ammo 505 martalik natijani ko'rganimdan so'ng o'z oldimga 510 marta ko'tarish maqsadini qo'ydim. Men har doim raqibimdan oldinda bo'lishga harakat qilaman, agarda u 600 marta ko'targanida, men 605 marta ko'targan bo'lardim», - dedi erkin kurash bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi a`zosi Ilyos Jumay.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog'istonlik kurashchi 40 kilolik qo'chqorni 510 marta ko'tardi