00:12 / 23.08.2018
4 986

Suriyadagi operatsiyalarda qancha rossiyalik harbiy ishtirok etgani ma’lum qilindi

Суриядаги операцияларда қанча россиялик ҳарбий иштирок этгани маълум қилинди
Suriyadagi operatsiyalar vaqtida 60 mingdan ko‘proq rossiyalik harbiy, jumladan 400 dan ko‘proq general jangovar tajriba oldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Suriyada 63 mingdan ko‘proq rossiyalik harbiy, jumladan 434 general va 26 mingga yaqin zobit jangovar tajriba oldi”, deb aytilgan mudofaa vazirligining YouTube’da joylashtirilgan videolavhasida.

Ma’lum qilinishicha, Suriyada Rossiya raketa qo‘shinlari va artilleriyasining 4349 nafar mutaxassisi, 87 foiz tezkor-taktik, 91 foiz armiya va 97 foiz harbiy-transport aviatsiyasi ekipajlari, strategik va Uzoq aviatsiyaning 60 foiz ekipajlari jangovar tajriba olgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyadagi operatsiyalarda qancha rossiyalik harbiy ishtirok etgani ma’lum qilindi