08:02 / 23.08.2018
3 805

Tramp sobiq advokatining tergov bilan kelishuv jarayoniga munosabat bildirdi

Tramp sobiq advokatining tergov bilan kelishuv jarayoniga munosabat bildirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp sobiq advokati Maykl Koenni o‘zini aybdor deb topish va tergov bilan kelishuvga borishga roziligiga keskin munosabat bildirdi. Bu haqda Tramp 22 avgust, chorshanba kuni Twitter’dagi mikroblogida ma’lum qildi, deb yozadi “Daryo”.

“Kimdir yaxshi advokatni qidirayotgan bo‘lsa, Maykl Koenni yollamaslikni qat’iy tavsiya qilaman”, — deyiladi Trampning xabarida.

Avvalroq prezident Donald Trampning sobiq advokati Maykl Koen soliqlar to‘lashdan bosh tortish va 20 million dollardan ortiq miqdordagi firibgarlikda gumon qilinganligi haqida xabar berilgan edi. U o‘ziga qarshi jinoiy ishlarning sakkiz bandi bo‘yicha aybini tan oldi va tergov bilan kelishuvga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidentining sobiq advokati Tramp bir vaqtlar unga ikki ayolga jim yurishi uchun pul to‘lashni buyurganligini ma’lum qilgan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp sobiq advokatining tergov bilan kelishuv jarayoniga munosabat bildirdi