14:37 / 23.08.2018
4 645

Savdo urushi. AQSh va Xitoy zarbalar almashdi

Savdo urushi. AQSh va Xitoy zarbalar almashdi
Amerika Qo'shma Shtatlari va Xitoy umumiy qiymati 16 milliard dollarlik tovarlarga 25 foizlik bojni o'zaro joriy etdi. Bu haqda Bloomberg xabar beradi.

Birinchi bo'lib 8 avgust kuni e`lon qilingan Vashington cheklovlari kuchga kirdi. Oshirilgan bojlar joriy qilingan tovarlar orasida traktorlar uchun dvigatellar, temir yo'llari, tramvaylar va poyezdlar uchun ehtiyot qismlar, shuningdek, kabellar bor. Bunga javoban Xitoy hukumati xuddi shunday choralar qo'llanilishi haqida ma`lum qildi, ular Toshkent vaqti bilan 9:00dan amal qila boshladi.

Pekin, shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qildi. Tijorat vazirligining tushuntirishicha, ushbu qadamni ko'p tomonlama savdoni kafolatlash va o'z manfaatlarini himoya qilish istagi bilan izohladi.

AQSh va Xitoy 2018 yil boshida bir-birining tovarlariga oshirilgan bojlarni joriy qila boshladi. Tashabbus Qo'shma Shtatlar yetakchisi Donald Trampdan chiqqan bo'lib, u Pekinni nohalol o'yinda aybladi hamda ikki tomonlama savdo balansida juda katta defitsitdan shikoyat qildi. Hozirgi vaqtda cheklovlar umumiy miqdorida yuz milliard dollardan ziyod bo'lgan mahsulotlarni qamrab oldi. Keyinchalik, dunyoning boshqa davlatlari savdo urushiga qo'shildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Savdo urushi. AQSh va Xitoy zarbalar almashdi