15:43 / 24.08.2018
6 621

Rossiya qaysi harbiy sohalarda AQSh dan ustun?

Rossiya qaysi harbiy sohalarda AQSh dan ustun?
Foto: «National Interest»
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Layza Sempning aytishicha, Rossiya armiyasi Amerika armiyasidan umumqo‘shin janglarida uzoqqa uchuvchi raketalar tizimi (A2/AD konsepsiyasi)dan foydalanish borasida, shuningdek, kiberurushlarda ustunlik qilmoqda. Bu haqda «National Interest»ga tayanib Xabar nashri ma'lum qildi.

Semp yuqoridagi yo‘nalishlarda AQShning Rossiyadan ortda qolayotgani, ayniqsa, Markaziy va Sharqiy Yevropada yaqqol sezilayotganini bildirdi.

Garchi Moskva Vashingtonga butun Yer shari bo‘ylab raqobat qila olmas, biroq alohida mintaqalarda AQSh va uning ittifoqchilariga javob berish uchun yetarlicha potensialga ega, deb yozmoqda ushbu nashr.

Ma’lumot uchun: Rossiyada qurolli kuchlar islohoti 2008-yilda boshlangan. Butun mamlakat bo‘ylab eng yangi qiruvchi samolyotlar va tanklar joylashtirilmoqda. 2017-yili Rossiya qurolli kuchlari 16 ta jangovar kema, 190 ta samolyot va vertolyot, 800 ta tank va jangovar zirhli texnika, 170 ta zenit raketalari tizimlari va komplekslari, 1950 ta ko‘pmaqsadli avtmobillar bilan ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qaysi harbiy sohalarda AQSh dan ustun?