00:07 / 25.08.2018
4 472

Iflos havo insonlar umrini necha yilga qisqartirishi hisoblab chiqildi

Iflos havo insonlar umrini necha yilga qisqartirishi hisoblab chiqildi
Olimlar iflos havo dunyoning turli burchaklarida umr davomiyligini necha yilga qisqartirishini hisoblab chiqishdi. Tadqiqotga ko'ra, iflos havo sayyoramizdagi o'rtacha umr davomiyligini taxminan bir yilga, Osiyo va Afrikaning eng ifloslangan davlatlarida 1,5-2 yilga qisqartirar ekan.

Gap havoning o'lchami 2,5 mikrometrdan kichikroq zarralar bilan ifloslanishi haqida ketmoqda. Bunday zarralar o'pka, yurak-tomir tizimi kasalliklariga va barvaqt o'limga olib kelishi mumkin. Ifloslanishning xavfsiz me`yori bir kubmetr havoga 10 mikrogramm zarra to'g'ri kelishi hisoblanadi. Bunday me`yorni bir qator rivojlangan davlatlarda kuzatish mumkin. Biroq statistikaga ko'ra, sayyoramizning shaharlarda yashovchi 95 foiz aholisi kuchli ifloslangan havodan nafas oladi.

Texas universiteti olimlari 2016 yil uchun 185 ta davlatga taalluqli statistikani tahlil qilib chiqishdi. Aniqlanishicha, xavfsiz chegaradan oshgan ifloslanish o'rtacha kutilayotgan umr davomiyligini 1,03 yilga qisqartirgan. Ma`lumot uchun, chekish umr davomiyligini 1,82 yilga, sifatsiz ichimlik suvi 0,57 yilga, nosog'lom ovqatlanish 2,67 yilga qisqartiradi.

Aniqlanishicha, havosi nisbatan toza bo'lgan davlatlarda (AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Avstraliya) havoning ifloslanishi umr davomiyligini bir necha oyga qisqartirgan. 42 ta davlatda esa (asosan Osiyo va Afrika davlatlari) havoning mayda zarralar bilan ifloslanishi bir yildan ko'proq umrga zavol bo'lar ekan. Bu boradagi eng og'ir vaziyat Janubiy Osiyoda ekanligi qayd qilingan. Ta`kidlanishicha, bu mintaqada iflos havo saratonning barcha turlaridan xavfliroqdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iflos havo insonlar umrini necha yilga qisqartirishi hisoblab chiqildi