09:00 / 25.08.2018
5 348

Bolaning koʻzgudagi aksi videosi foydalanuvchilarni ajablantirdi (video)

Bolaning koʻzgudagi aksi videosi foydalanuvchilarni ajablantirdi (video)
AQSHning San-Antonio shahrida yashovchi ayol tvitterda foydalanuvchilarni ham qoʻrqitgan, ham ajablantirgan videoni joylashtirdi.

Videoda bir bola koʻzgu oldida turib, turli qiliqlar qilayotgani tasvirlangan. Bir necha soniyadan keyin bola koʻzga oldidan ketadi. Ajablanarlisi, bunda bolaning koʻzgudagi aksi undan tezroq harakatlanib, qoʻzguda oldinroq yoʻqoladi.

“Bu videoni koʻrganim sari u qoʻrqinchliroq tuyulmoqda”, deyilgan videoga berilgan izohda.

Rolik 4 mln dan koʻproq marta tomosha qilingan, 178 ming layk va 113 ming retvit toʻplab, ijtimoiy tarmoqlarda keng munozaralarga sabab boʻlgan.

“Men 0,5 soniya kechikadigan koʻzgu haqida hech eshitmagandim”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Boshqa foydalanuvchi esa bu holatga hazil bilan qarab, “Koʻzgudagi akslar boshqa olamda joylashgan va istagan ishlarini qila oladi”, deb yozgan.

Biroq baʼzilar ushbu videoning “mistik” ekaniga shubha bildirishgan. Foydalanuvchilardan birining fikricha, bunday effektga sirpanuvchi zatvor bilan suratga olish texnikasi yordamida erishiladi.

“Bunda kamera chapdan oʻngga yozadi. U butun tasvirni bir vaqtda qayd qilmaydi”, deb tushuntirgan u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolaning koʻzgudagi aksi videosi foydalanuvchilarni ajablantirdi (video)