15:12 / 25.08.2018
4 388

Rossiya SSSR parchalanganida yoʻq boʻlib ketgan kosmosni nazorat qilish tizimini tikladi

Rossiya SSSR parchalanganida yoʻq boʻlib ketgan kosmosni nazorat qilish tizimini tikladi
Rossiya Fanlar akademiyasining Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti butun dunyo boʻylab taqsimlangan teleskoplar tarmogʻini yaratdi, u SSSR parchalanishi tufayli ishlashdan toʻxtagan yerga yaqin orbitani kuzatish boʻyicha yagona tarmoq oʻrniga kosmik makonni nazorat qilishi lozim. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

“Oʻnta eski observatoriyada kuzatuv ishlari tiklandi: Tarixa (Boliviya), Usuriysk, Blagoveshchensk, Xuraltogot (Moʻgʻuliston), Kitob (Oʻzbekiston), Hisor, Sanglok (Tojikiston), Abastumani (Gruziya), Ujgorod (Ukraina), Kastelgrande (Shveysariya). Yangi joylar oʻrganildi va Kamchatka, Uzoq Sharq, Sibir, Oltoy, Moldova, Meksikada sakkizta kuzatuv nuqtasi tashkil qilindi. Butun geostatsionar orbita toʻsildi”, - deyiladi hujjatda.

Institutdan taʼkidlashlaricha, SSSRning parchalanishi sababli observatoriyalarning katta qismi, jumladan, Kosmik makonni nazorat qilish markazi ehtiyojlari uchun geostansionar orbitada kosmik obyektlarni kuzatish uchun deyarli barcha ilmiy tarmoq chet elda qoldi va amalda ishlashdan toʻxtadi.

Keldish institutida boʻlgan, qayta tiklangan va yangi teleskoplar sunʼiy yoʻldoshlarning uchirilishi, ularning orbitada buzilishi yoki atmosferaga kirishi haqidagi maʼlumotlarni toʻplab, ehtimoliy xatarga ega kosmik apparatlar bilan yaqinlashuvni kuzatadi, kosmik chiqindilarning tarqalishini nazorat qiladi va modellarini aniqlashtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya SSSR parchalanganida yoʻq boʻlib ketgan kosmosni nazorat qilish tizimini tikladi