17:33 / 27.08.2018
5 914

Onaga itoatda ibrat zotlar

Onaga itoatda ibrat zotlar
Abu Muso Ashaʼriy (roziyallohu anhu) dedilar: “Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) onasini yelkasiga mindirib Kaʼbani tavof qilayotgan yamanlik kishini koʻrdilar. U Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan: “Ey Ibn Umar nima deb oʻylaysiz onamning xaqqini ado eta oldim-mi”? deb soʻradi. Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo): “Yoʻq seni dunyoga keltirish vaqtidagi toʻlgʻoq azoblarida chekkan qiyinchiliklaridan bittasini ham ado eta olmading”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Tobeinlar sayyidi Abul Xasan Ali ibn Xusayn Zaynul Obidin (roziyallohu anhu) onasiga koʻp yaxshilik qilardi. Odamlar: “Siz insonlar ichida onasiga eng koʻp yaxshilik qiluvchi zotsiz, biroq, onangiz bilan bir idishdan taom yeganingizni koʻrmaymiz, buning sababi nima?” deb soʻradilar. Shunda u zot: “Qoʻlimni onamning koʻzlari tushgan taomga birinchi boʻlib uzatishdan qoʻrqaman”, deb javob berdi.

Zurʼa ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi. Umar (roziyallohu anhu)ning oldilariga bir kishi kelib: “Juda keksa yoshga yetgan onam bor. Yelkamda opichib xizmatlarini ado etaman. Doimo onamni yuvib, tarab, tahorat qildiraman. Shu xizmatlarim bilan onamni xaqqini ado etdimmi?” deb soʻradi. Shunda Umar (roziyallohu anhu) unga: “Yoʻq”, deb javob berdilar. U: “Axir men onam uchun oʻzimni bagʻishladimku”, dedi. “Onang sening xizmatingni, oʻsib ulgʻayishing, hayotda yashab ketishing umidida qildi. Sen esa undan ajralish umidida qilyapsan”, dedilar hazrat Umar (roziyallohu anhu).

Muhammad ibn Bishr Aslamiy aytadilar: “Kufada biror kishi Mansur ibn Moʻʼtamir va Abu Hanifa (rahmatullohi alayh)dan koʻra onasiga yaxshilik qila olmadi. Hatto Mansur ibn Moʻʼtamir onasiga ozor bermasin deb mayda hashoratlarni ham onasiga yaqin keltirmas edi”.

Hajar ibn Adbar onasining rohatini istab, yumshoqligiga ishonch hosil qilish uchun toʻshagini qoʻllari bilan paypaslab, soʻngra unga onasini yotqizar edi.

Sufyon ibn Uyayna aytadilar: “Bir kishi safardan qaytdi. Uyda onasi tik turgan holda namoz oʻqir edi. Onasi tik turib, oʻzi oʻtirishni istamadi. Onasi oʻgʻlini fikrini fahmladi va oʻgʻli koʻproq savobga ega boʻlishi uchun namozini uzun qildi.
Avazxoʻja BAHROMOV,
Toshkent viloyati “Xolmuhammad ota” jome masjidi imom-xatibi

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Onaga itoatda ibrat zotlar