20:47 / 27.08.2018
6 813

“Rossiyani egish”. Lukashenko bayonot bilan chiqdi

“Rossiyani egish”. Lukashenko bayonot bilan chiqdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat Gʻarb tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalardan foyda olishga harakat qilayotgani haqidagi taxminlarni “ahmoqlik” deb atadi. Bu haqda RIA “Novosti”ga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Lukashenkoning soʻzlariga koʻra, u sanksiyalar masalasida “sichqon oʻyin oʻynamaydi”, Belarus esa Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiya cheklovlaridan “hech narsa ololmaydi”.

“Bu yerda hech qanday yashirin oqimlar yoʻq - zaiflashib qolgani yoki zaiflashayotgani yoxud yomon holatda boʻlgani uchun Rossiyani egish lozim emas”, - deya maʼlum qildi Lukashenko.

Uning qoʻshimcha qilishicha, bunday yondashuv hech qachon boʻlmagan. Belarus yetakchisining taʼkidlashicha, bunday pozitsiya “butunlay ahmoqlik” boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Lukashenko Belarus hech qanday davlatning “vassali” boʻlmasligini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Rossiyani egish”. Lukashenko bayonot bilan chiqdi