22:45 / 27.08.2018
6 131

AQSHda qancha oʻzbekistonliklar yashayotgani maʼlum boʻldi

AQSHda qancha oʻzbekistonliklar yashayotgani maʼlum boʻldi
Amerika Qoʻshma Shtatlarida taxminan 50 million migrant mavjud (dunyodagi barcha migrantlarning 20 foizi).

Pew Research Center tadqiqot markazining maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilda Qoʻshma Shtatlarda boshqa mamlakatlarda tugʻilgan 49,8 million kishi istiqomat qilgan.

AQSHda eng koʻp meksikaliklar (12,7 million), xitoyliklar (2,4 million), hindlar (2,3 million), filippinliklar (2,1 million) va puertorikaliklar (1,9 million) yashaydi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari orasida Rossiya birinchi oʻrinni egallaydi. Qoʻshma Shtatlarda 420 mingga yaqin rossiyaliklar istiqomat qiladi.

AQSHdagi oʻzbekistonliklarning umumiy soni 60 mingdan koʻproq. Shu bilan birga, Qozogʻistondan AQSHga 30 mingga yaqin kishi koʻchib kelgan, bu ikki baravar kam.

Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan 10 mingdan kishi koʻchib kelgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda qancha oʻzbekistonliklar yashayotgani maʼlum boʻldi