12:42 / 28.08.2018
5 174

Alp togʻlarida 35 santimetr qalinlikda qor yogʻdi (foto)

Alp togʻlarida 35 santimetr qalinlikda qor yogʻdi (foto)
Foto: “Euronews.com”
Hali yoz fasli tugamasidan Alp togʻlarida qor yogʻdi, deya maʼlum qiladi “Xabar” nashri.

Dengiz sathidan 1500 metr balandlikda qor changʻi uchadigan darajada yoqqan.

Ayni paytda Italiya, Avstriya va Shvetsiyaning togʻli hududlarida changʻi uchilyapti. Qorni sogʻingan olomon oʻzini tabiat qoʻyniga urdi.

Shu hafta davomida qor yogʻishi kutilyapti. Hozir qorning qalinligi ayrim joylarda 35 santimetrgacha yetgan.

Alp togʻlarining ayrim joylarida kuchli qor yogʻishi va erishi oqibatida sel kelib, aholini sarosimaga soldi.

Keyingi hafta ob-havo yana meʼyoriga qaytishi kutilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alp togʻlarida 35 santimetr qalinlikda qor yogʻdi (foto)