Qirg‘iziston Rossiya taqdim etgan grant evaziga o‘z chegaralarini mustahkamlaydi

  • 27 dekabr 2014, 16:23
  • 5 542
  • Dunyo
  • Qirg‘iziston Rossiya taqdim etgan grant evaziga o‘z chegaralarini mustahkamlaydi

    Qirg‘iziston hukumati Rossiya tomonidan ajratilayotgan grantning 55 million dollarini o‘z chegaralarini mustahkamlash uchun sarflaydi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” axborot agentligi.

    “Chegara masalasida biz tejamkorlik qilmasligimiz kerak. Rossiyadan olinadigan 200 million dollar miqdoridagi grantning 55 millionini chegaralarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun yo‘naltiramiz”, – dedi Qirg‘iziston prezidenti.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning janubiy chegaralarida chegara nizolari soni oshib bormoqda, ayniqsa, 2014 yilning birinchi yarmida Tojikiston bilan chegaradagi nizolar soni ayniqsa oshgan.

    Xabar berishlaricha, Rossiya Qirg‘izistonga 200 million dollar miqdorida grant ajratish niyatida. Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston bilan iqtisodiy hamkorlik qilish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qirg‘iziston Rossiya taqdim etgan grant evaziga o‘z chegaralarini mustahkamlaydi