06:30 / 01.09.2018
4 479

Tojikiston prezidentining oʻgʻli “Oltin toj” ordeni bilan mukofotlandi

Tojikiston prezidentining oʻgʻli “Oltin toj” ordeni bilan mukofotlandi
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 9 sentyabr kuni nishonlanadigan mamlakat mustaqilligi bayrami arafasida turli soha xodimlarini davlat mukofotlari bilan mukofotladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmatiga tayanib Kun nashri xabar berdi.

Mukofotlanganlar orasida prezidentining toʻngʻich oʻgʻli – Dushanbe shahri raisi Rustami Emomali ham bor. U “davlat hokimiyati ijroiya organida munosib va samarali faoliyati” uchun 2-darajali “Zarrintoch” (“Oltin toj”) ordeni bilan mukofotlandi.

“Zarrintoch” ordeni bilan munosib xizmatlari, faol davlat va ijtimoiy siyosiy faoliyat olib borgan, demokratik va iqtisodiy islohotlar oʻtkazishda yuksak natijalarga erishgan, mamlakat fan va madaniyati rivojiga hissa qoʻshgan respublika fuqarolari mukofotlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston prezidentining oʻgʻli “Oltin toj” ordeni bilan mukofotlandi