13:23 / 01.09.2018
12 842

Oʻzbekistonlik qiz “Koinot goʻzali – 2018” xalqaro tanlovida uchinchi oʻrinni egalladi

Oʻzbekistonlik qiz “Koinot goʻzali – 2018” xalqaro tanlovida uchinchi oʻrinni egalladi
Oʻzbekistonlik Diana Shelkova “Koinot goʻzali – 2018” xalqaro tanlovda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Hakamlar tanlovning birinchi uchta gʻolibini aniqlashdi.

“Koinot Goʻzali 2018” unvoni rossiyalik Irina Sorokinaga berildi. “Ikkinchi Koinot Goʻzali 2018” unvoni belaruslik Yekaterina Dubrovskayaga topshirildi.

Birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan Irina Sorokina diplom va homiylar va sheriklardan sovgʻalar berildi. Shuningdek, u 2019 yilda hakamlar tarkibida ishtirok etish huquqni ham qoʻlga kiritdi.

“Ikkinchi Koinot Goʻzali 2018” unvonini olgan Dubrovskaya ishtirok etganligi haqida elektron diplom va 2019 yilda hakamlar tarkibida boʻlish huquqini oldi.

Oʻzbekistonlik Diana Shelkovaga esa tanlovda ishtirok etganligi haqida elektron diplom berildi.

Tashkilotchilar 2019 yilda loyihani formatini oʻzgartirishi munosabati bilan shu yilda tanlov finali onlayn-shaklda oʻtkazildi.

2019 yilda loyiha goʻzallik tanlovi sifatida boʻlmaydi. Endi “Koinot Goʻzali 2019” loyihasi goʻzallik va ijod xalqaro festival sifatida oʻtkaziladi.

2019 yil mart/aprelda Moskvada loyihaning uchinchi finali oʻtkaziladi.

Manba: sputniknews-uz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oʻzbekistonlik qiz “Koinot goʻzali – 2018” xalqaro tanlovida uchinchi oʻrinni egalladi