13:23 / 05.09.2018
3 755

Dayver akulani karaxt qilib qoʻydi (video)

Dayver akulani karaxt qilib qoʻydi (video)
Bagam orollarida dayver akulani karaxt ahvolga solib qoʻydi, deb maʼlum qiladi Kun nashri.

Tryuk akvalangchi Li Kobb (Leigh Cobb) tomonidan amalga oshirildi. Avvaliga u Emma laqabli besh metrlik akulaga baliq bergan, soʻng uni karaxt ahvolga solib qoʻygan. Dayver uni ehtiyotkorlik bilan boshini pastga oʻgirgan, keyin baliq oʻziga keldi va suzib ketdi. Boshqa akulalar roʻy berayotgan holatga hech qanday reaksiya bildirmagan.

Videoni ekvadorlik 41 yoshli fotosuratchi va dayving boʻyicha yoʻriqchi Kristian Torres (Christian Torres) tasvirga oldi. U Emmani Yoʻlbars plyajidagi eng mashhur akula, deb atadi.

Nashrning aniqlik kiritishicha, dayver akulani tanatoz holatiga tushirib qoʻygan. Bu himoya reaksiyasi boʻlib, unda ayrim hayvonlar, masalan, opossumlar (Amerikada yashaydigan qopchiqli kalamush) xavf oʻtib ketishi uchun xuddi oʻlgandek tasavvur uygʻotadi.

Akulalarga bagʻishlangan The Shark Trust portaliga koʻra, bu holat yirtqich baliqlarda ularning maʼlum bir sezgich nuqtalarini ragʻbatlantirish orqali paydo boʻlishi mumkin. Ushbu usul koʻpincha tadqiqotchilar tomonidan qoʻllaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dayver akulani karaxt qilib qoʻydi (video)