13:23 / 06.09.2018
6 811

Samarada yuz bergan dahshatli YTH videoga olindi (video)

Samarada yuz bergan dahshatli YTH videoga olindi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Samara viloyati, Isaklin tumanida 1 sentyabr kuni roʻy bergan dahshatli YTHning videosi paydo boʻldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Toyota Lite avtomobilining haydovchisi nomaʼlum sabablarga koʻra boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi harakat yoʻnalishiga chiqib ketgan. U oxirgi lahzada xatosini toʻgʻirlashga harakat qilgan, biroq qarshisidan kelayotgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Kuchli zarbadan Toyota chekkaga uchib ketgan, unga voqeani suratga olayotgan Mitsubishi va Toyota Mark avtomobillari kelib urilgan.

Maʼlum boʻlishicha, hodisa oqibatida 5 kishi – 52 yoshli erkak, 55 yoshli ayol, 14 yoshli bola, 14 va 7 yoshli qizchalar halok boʻlgan, bundan tashkari , yuk mashinasi hamda yana bir avtomobilning haydovchilari kasalxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Samarada yuz bergan dahshatli YTH videoga olindi (video)