07:31 / 07.09.2018
4 601

Eng koʻp multimillionerlar yashovchi shahar nomi eʼlon qilindi

Eng koʻp multimillionerlar yashovchi shahar nomi eʼlon qilindi
Nyu-York dunyoning eng koʻp multimillionerlar yashovchi shahri maqomini qoʻldan chiqardi, 2017 yilda 30 million dollarlik kapitalga ega nyu-yorkliklar soni 7 foizga (8865 kishiga) oshgan. Shunday boʻlsa-da, Honkongda ularning soni deyarli uch baravarga oʻsgan va 10 mingdan ziyodni tashkil qilgan.

Wealth-X kompaniyasi hisobotiga koʻra, 2017 yil oxiriga borib dunyoda kamida 30 million dollardan pulga egalik qiluvchi 255 810 kishi (Ultra high-net-worth individuals, UHNWI) qayd etilgan. Ekspertlarning hisob-kitob qilishicha, bir yil ichida multimillionerlar soni 12,9 foizga oshgan, ularning umumiy mablagʻi esa 31,503 trillion dollarga yetib, 16,3 foizga oʻsgan.

Mazkur summaning biroz kam uchdan bir qismi (9,205 trillion dollar) 2754 nafar milliarderga tegishli. Shuningdek, 500 milliondan 1 milliard dollargacha mablagʻga ega 4326 kishi 3 trillion dollarga egalik qiladi. Bundan tashqari, 30-50 million dollar moliyaviy holatga ega 122,47 ming kishi 4,663 trillion dollarni nazorat qiladi.

UHNWI soni oʻtgan yili dunyoning barcha yirik mintaqalarida oʻsdi, biroq yangi multimillionerlar eng koʻp Osiyo mamlakatlarida paydo boʻlgani qayd etilgan. Bu mintaqada badavlat kishilar soni 18,5 foizga oʻsgan, ularning umumiy boyligi esa 26,7 foizga oshgan.

Taqqoslash uchun, Shimoliy Amerikada UHNWI bir yilda 9,5 foizga, Yevropada esa 12,8 foizga koʻpaydi. Multimillionerlarning umumiy soni va ularning jami boyligi boʻyicha Osiyo Yevropaga yaqinlashib qoldi (68,97 ming-8,365 trln dollarga qarshi 72,57 ming-8,773 trln dollar), kelasi yil Osiyo bu koʻrsatkichlariga koʻra Yevropaga yetib olishi kutilmoqda.

UHNWI soni boʻyicha hozircha Shimoliy Amerika yetakchilik qilmoqda, 2017 yil yakunlariga koʻra, 30 million dollar va undan ortiq boylikka ega kishilar soni 90,44 mingni tashkil qilgan, ularning jami boyligi esa taxminan 11 trillion dollarga baholangan. Shimoliy Amerika multimillionerlarining aksariyati AQSHda yashaydi.

Yaqin kelajakda UHNWI soni boʻyicha AQSH yetakchiligiga hech bir davlat rahna sola olmaydi, ularning soni reytingning keyingi besh mamlakatdagi badavlat kishilar umumiy koʻrsatkichidan ham koʻp, bular - Yaponiya, Xitoy (Honkong va Makaoni hisobga olmaganda), Germaniya, Kanada va Fransiya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng koʻp multimillionerlar yashovchi shahar nomi eʼlon qilindi