17:44 / 09.09.2018
6 568

18 ta maʼshuqasidan voz kechgan Leonardo Di Kaprio nihoyat uylanmoqchi

18 ta maʼshuqasidan voz kechgan Leonardo Di Kaprio nihoyat uylanmoqchi
Gollivudning eng yoqimtoy aktyori Leonardo Di Kaprio 21 yoshli sevgilisiga uylanishni rejalashtirmoqda. Juftlik atrofidagi yaqinlarning taʼkidlashicha, Leo va uning goʻzal mahbubasi Kamila oʻrtasidagi munosabat juda jiddiy. Bu haqda “Hordiq” nashri xabar berdi.

Leonardo Di Kaprio Kamila bilan bir yildan buyon uchrashib yuradi.

Ammo shuni ham eʼtiborga olish kerakki, Leo oxirgi daqiqalarda ham munosabatlarni osonlikcha uzishi mumkin. Buni uning karyerasi davomida boshidan oʻtkazgan ishqiy munosabatlari ham koʻrsatib turibdi. Dalillarga qaraganda, boʻydoqlik bilan xayrlashmoqchi boʻlayotgan Di Kaprio shu kungacha shou-biznesda oʻz oʻrniga ega boʻlgan 18 ta aktrisa va modellar bilan uchrashib yurgan.

Koʻramiz, aktyorning bu safargi tanlovi oxirgisi boʻlarmikin…

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 18 ta maʼshuqasidan voz kechgan Leonardo Di Kaprio nihoyat uylanmoqchi