Turkiyaning Trabzon viloyatlik Murod Erbay bu yil turmush oʻrtogʻi, 76 yoshli onasi va 90 yoshli qaynotasi bilan haj ziyoratiga bordi.
Ibodat amallarini bajarish chogʻida keksalar qiynalgani tufayli Murod Erbay onasi uchun gʻildirakli aravachani ijaraga oldi, qaynotasini esa yelkasida mindirib yurdi.
“Alloh shunday kuch berdiki, qaynotamni yelkamda olib yurganimda mendan hatto ter ham chiqmadi, ikkimiz ham ibodatlarni osonlik bilan bajardik, – dedi 53 yoshli Erbay “Anadolu” agentligi muxbiri bilan suhbatda. – Onam ham meni koʻp duo qildi. Oʻzi ham yigʻladi, meni ham yigʻlatdi”.
Uning fikricha, haj ibodatini yosh paytda qilgan maʼqul:
“U yerlarga ayniqsa yoshlarimizning borishini Alloh nasib qilsin. Men ham yoshdirman, lekin yana ham yoshroq paytda – 20, 30, 40 yoshlarda borish kerak. Keksalar charchab qolishadi, xafa boʻlishadi”. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?