20:30 / 11.09.2018
5 832

Jirafa uch yoshli bola va uning onasini gʻajib tashladi

Jirafa uch yoshli bola va uning onasini gʻajib tashladi
Janubiy Afrikaning Xoedspruit shahridagi Blyde Wildlife Estate yovvoyi hayvonlar qoʻriqxonasida jirafa uch yoshli bola va uning onasiga hujum qildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Britaniyalik olimlar Ketti va Sem Uilyamslar uch yoshli farzandlari Finn bilan birgalikda JAR ga xizmat safariga borishgan edi. Uilyamslarning xonadonida oylik bolasi bilan birga sayr qilib yurgan jirafa toʻsatdan ona va bolaga hujum qilib, ularni tishlagan.

Voqeaga guvoh boʻlgan oila boshligʻi jirafani zoʻrgʻa toʻxtatib qolib, tez tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qilgan. Ona va bolaning ahvoli oʻta ogʻir boʻlgani sababli ular vertolyotda Yoxannesburg shahar kasalxonasiga olib kelingan.

Oʻtkazilgan operatsiyalarga qaramay, ularning ahvoli oʻta ogʻir darajada, deb baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jirafa uch yoshli bola va uning onasini gʻajib tashladi