23:18 / 12.09.2018
5 288

Dunyodagi “eng baxtsiz mamlakat” maʼlum qilindi

Дунёдаги "энг бахтсиз мамлакат" маълум қилинди
Markaziy Afrika Respublikasining fuqarolari 2017 yilda boshqa kishilarga qaraganda koʻproq salbiy his-tuygʻularni boshdan kechirganlar. Bu haqda Gallup institutining jahon davlatlaridagi his-tuygʻular boʻyicha oʻtkazgan tadqiqotida aytiladi.

MAR aholisining aksariyat qismi avvalgi kuni “koʻplab jismoniy ogʻriqlarni” boshidan oʻtkazgan 11 mamlakatdan biri boʻldi. Bu 11 davlatning deyarli barchasi Afrikada, Sahroi Kabirdan janubda joylashgan.

Iroq baxtsizlik darajasi boʻyicha ikkinchi oʻrinda - 59%. Bundan tashqari, roʻyxatda Janubiy Sudan (aholisining 55 foizi baxtsiz), Misr (47 foiz) va Eron (45 foiz) bor.

2017 yilda dunyodagi baxt darajasi oxirgi oʻn yil ichidagi eng past darajaga yetdi. etgan. Gallup instituti soʻroviga koʻra, stress va xavotir his qiluvchi kishilar soni ortmoqda.

Ijobiy his-tuygʻularga ega boʻlgan davlat orasida Lotin Amerikasi mamlakatlari yetakchiga aylandi. Xususan, eng baxtli davlatlar reytingida birinchi uch oʻrinni Paragvay (85%), Kolumbiya va Salvador (82%dan) egalladi.

Eng past koʻrsatkichli salbiy his-tuygʻularga ega boʻlgan mamlakatlar orasida - Tayvan, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Moʻgʻuliston. Tadqiqotda taʼkidlanishicha, bu ushbu davlatlardagi kishilar aksariyat holatlarda faqat ijobiy his-tuygʻularni boshidan oʻtkazishadi, degani emas.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi “eng baxtsiz mamlakat” maʼlum qilindi