13:22 / 13.09.2018
4 685

AQSH Alyaska yaqinida Rossiya bombardimonchilarini tutib oldi

AQSH Alyaska yaqinida Rossiya bombardimonchilarini tutib oldi
Amerikalik harbiylarning maʼlum qilishicha, 11 sentyabr kuni Alyaska yaqinida harbiy-havo kuchlarining F-22 samolyotlari tomonidan Rossiyaga qarashli ikkita bombardimonchi tutib olingan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, Rossiya samolyotlari AQSH yoki Kanada havo hududiga kirmagan.

Avvalroq, Shimoliy Amerika Aerokosmik mudofaasi birlashgan qoʻmondonligi vakili Maykl Kucharek AQSH harbiy-havo kuchlarining F-22 qiruvchilari bir yilning oʻzida ikkinchi marta Rossiyaga tegishli Tu-95 bombardimonchilarini tutib olish uchun parvoz qilgani haqida xabar bergandi.

Aniqlik kiritilishicha, tutib olish 1 sentyabr kuni Aleut orollari yaqinida yuz bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Alyaska yaqinida Rossiya bombardimonchilarini tutib oldi