22:47 / 13.09.2018
6 217

Asalarilar yangi jahon rekordining oʻrnatilishiga xalaqit berdi (foto)

Asalarilar yangi jahon rekordining oʻrnatilishiga xalaqit berdi (foto)
Foto: REUTERS / Mohamed Al Hwaity
Saudiya Arabistonida bir dona asalari odam ustida oʻtirgan arilar soni boʻyicha jahon rekordi oʻrnatilishiga xalaqit berdi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Asalarichi Zuhair Fataniy oʻziga 20 mingta erkak asalarini jalb qilish maqsadida ustiga bir nechta ona asalarini oʻtqazgan.

Bu borada amaldagi rekord xitoylik Ruan Lyanminga tegishli boʻlib, u oʻz ustida 64 kilogrammga yaqin asalarini qoʻndira olgan. Fataniy esa tanasida 100 kg asalarini toʻplamoqchi boʻlgan, biroq bir ona asalari uchib ketgach, asalarichi rekord natijaga erisha olmagan.

Foto: REUTERS / Mohamed Al Hwaity
2017 yilda ham Fataniy rekordni yangilashga uringandi: u 1,5 soat davomida minglab asalari bilan qoplangan holda turganiga qaramay, zarur miqdorga erisha olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Asalarilar yangi jahon rekordining oʻrnatilishiga xalaqit berdi (foto)