10:53 / 14.09.2018
4 738

Qirgʻizistonda Erdoʻgʻan rafiqasining tirbandlikka tushishiga aybdorlar jazolanadi

Қирғизистонда Эрдўған рафиқасининг тирбандликка тушишига айбдорлар жазоланади
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning Qirgʻizistonga tashrifi vaqtida uning rafiqasi Omina Erdoʻgʻan kortejining yoʻlda tirbandlikda qolib ketishida aybdor deb topilgan qirgʻizistonlik mansabdor shaxslar jazolanadi. Ularga nisbatan ichki ishlar idoralaridan boʻshatishgacha jazo qoʻllanishi mumkin. Bu haqda Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Sagʻinbayev maʼlum qildi.

Uning aytishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Qirgʻiziston prezidenti rafiqasi Aygul Tokoyeva va Omina Erdoʻgʻan 3 sentyabrda Qirchin darasidagi etnoshaharchada boʻlishgach, Bishkekka qaytayotganlarida Erdoʻgʻan xonimning korteji bir soatga yaqin tirbandlikda qolib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻizistonda Erdoʻgʻan rafiqasining tirbandlikka tushishiga aybdorlar jazolanadi