06:00 / 16.09.2018
3 550

BMT ekspertlari KXDRni Suriyaga qurol sotganlikda ayblamoqda

BMT ekspertlari KXDRni Suriyaga qurol sotganlikda ayblamoqda
BMT ekspertlar guruhi tayyorlagan hisobotga koʻra, Suriya iqtisodiy sanksiyalarni buzmoqda, xususan, Suriya, Yaman, Liviya va qurolli toʻqnashuvlar hududlari mavjud boʻlgan boshqa davlatlarga qurol sotmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasida chop etilgan maqolada aytilmoqda.

Maqolaga koʻra, BMT mutaxassislari KXDRga Rossiya va Xitoy kemalarida yonilgʻi yetkazish oʻsganligini hamda Pxenyandan Xitoyga koʻmir yetkazilganligini aniqlashgan.

2017 yil dekabrda BMT xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan ballistik raketa sinovi oʻtkazilganligi sababli bu mamlakatga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish haqida rezolyutsiya qabul qilgandi. Hujjat bilan xom neft va neft mahsulotlari yetkazish borasida cheklovlar joriy etilgan hamda 24 oy ichida barcha mamlakatlardan Shimoliy koreyalik mehnat migrantlarini chiqarib yuborish talab qilingandi. Rezolyutsiyada shuningdek, KXDRga sanoat jihozlari, ogʻir texnika va transport vositalari yetkazish boʻyicha ham cheklovlar koʻzda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT ekspertlari KXDRni Suriyaga qurol sotganlikda ayblamoqda