12:55 / 16.09.2018
12 188

“Nega Ibrohim poshsha xufiyona sevgilisi Nigordan yuz oʻgirdi?..”

“Nega Ibrohim poshsha xufiyona sevgilisi Nigordan yuz oʻgirdi?..”
Qachonlardir Gretsiyadan qul qilib olib kelingan Teo Pargali ismli yigitcha bir kun kelib usmoniylar imperiyasining eng obroʻli, adolatli shohi Sulaymon Qonuniy xonadonida qolishi, keyinchalik bosh vazir lavozimigacha yetib borishi kimning xayoliga kelibdi deysiz. U bolaligidayoq sulton saroyiga keltirildi. Musulmon dinini qabul qildi. Unga yangi ism berildi. Ibrohim. Kunlarning birida skripkani yaxshi chalishidan xabar topgan Sulaymon Ibrohimga doʻst tutindi. Oʻsha-oʻsha ular birga boʻlishdi…

Lekin gap hozir bu haqda bormaydi. Maʼlumki, Toʻpqopi saroyida podshohning alohida harami mavjud boʻlgan. Haramda turli davlatlardan qul qilib olib kelingan, husnda tengsiz qizlar yashagan. Ularni oʻqitishgan, ishlatishgan, baxti kulgani podshoning xos jazmaniga aylanib, boyib ketgan. Ana shunday qul qilib olib kelinganlardan biri Nigor edi. Nigorga shoh yotogʻiga kirish, muhabbatini qozonish nasib etmagan boʻlsa-da, lavozimi havas qilsa arzigulik edi. Nigor sulton Sulaymon Qonuniy haramining qalfasi, vazifasi kanizaklarni nazorat qilishdan iborat edi. Shu orada podshohning xotini, xos jazmanlariga ham alohida pul evaziga xizmat koʻrsatardi.

Ajoyib kunlarning birida Nigor oʻsha vaqtdagi bosh vazir Ibrohim poshshaning eʼtiborini qozondi. Toʻgʻri, Ibrohim poshsha Sulaymonshohning singlisi Xadicha xonimga qonuniy uylangan, ularning farzandlari ham bor. Xadicha xonim Ibrohimni, Ibrohim Xadicha xonimni yeru-koʻkka ishonmasdi. Biroq Ibrohim poshshaning bir armoni bor edi. U saroyda, hatto Xadichasining bagʻrida ham ozodlikni, erkinlikni, qachonlardir dengiz boʻyida baliq ovlab oʻtgan lahzalarni, oddiylikni, toʻporilikni, haqiqatni va gʻiybat, fisq-fasoddan xoli hayotni sogʻinardi. Bir kun kelib Nigorda oʻzini topgandek, orzusidagi lahzalar oʻziga qaytgandek tuyuldi. Qolaversa, Nigor qalfaning ham qalbi faqat Ibrohim poshshaga bagʻishlangandi. Shunday qilib, ular xufiyona uchrasha boshlashdi. Oralaridagi muhabbat uchquni tobora alanga ola bordi.

Ibrohim poshsha Nigor bilan birgaligida oʻzini erkin tuta boshladi. Saroydagi fisq-fasodni unutgandek boʻldi. Endi Xadichaning yoniga kech qaytishga odatlandi. Bu holat bir necha yil davom etdi. Ammo kunlarning birida Ibrohim poshshaning tafakkuri, vijdoni uygʻongan kabi sergak tortdi. Axir, nimalar qilib qoʻydi? Nega Xadichadan uzoqlashdi? Bir paytlar xuddi Nigorga talpinganidek Xadichaning visoli sari talpinmaganmidi?..

Shularni oʻylarkan, Ibrohim poshsha Nigor bilan munosabatlarga nuqta qoʻyish zarurligini angladi. Sababini uqtirib oʻtirmasdan, asta-sekin Nigordan uzoqlasha boshladi. Qarangki, oʻshanda Nigor Ibrohimdan homilador edi. Nahotki, hali tugʻilmagan farzandini ham oʻylamagan boʻlsa?..

Yoʻq, oʻylagan. Qaygʻurgan. Tarozining pallasini tenglashtirishga uringan. Faqat… Qoʻrqoqligi, aniqrogʻi, Sulaymonshohning gʻazabidan qoʻrqish hissi shu yoʻlga boshlagan. Ha, u usmoniylar imperiyasining bosh vaziri boʻla turib qul hisoblangan ayolga rasman ham uylana olmasdi. Qonunlar bunga yoʻl bermasdi. Qolaversa, u Sulaymonshohning kuyovi, yaʼni, singlisining eri hisoblangan. Nigor bilan uchrashib yurganini sezsa, sulton sira oʻylab oʻtirmay, qatl etishidan choʻchigan. Uchinchidan, Ibrohim poshsha oʻzini haddan ziyod sevadiganlar xilidan edi. Bunga Nigorni sevib, qalban ardoqlasa ham, unga nihoyatda past nazar bilan boqishi, munosabatda boʻlishi yaqqol isbotdir…

Nadomatlar boʻlsinki, xudbin, amalparast, dimogʻdor, ayyor bir bandaga aylanib qolgan Ibrohim poshsha Nigordek kamtar bir ayolning umriga zomin boʻldi. Oralarida qiz tugʻilgandi. Qiz ham otasining nomardligi kasriga qoldi.

Oʻzi-chi? Ibrohim poshshaning oʻzini ham manmanligi juvonmarg qildi. Sulaymonshoh qachonlardir yaqin doʻst boʻlgan, ukasi sifatida qabul qilgan, farzandlarining suyukli ustozi Ibrohim poshshani qatl etish haqida farmon berdi. Jallodlar bu vazifani bir necha daqiqadayoq aʼlo darajada uddalashdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Nega Ibrohim poshsha xufiyona sevgilisi Nigordan yuz oʻgirdi?..”