Qirgʻiziston prezidenti Usmonxon Alimovni qabul qildi

  • 16-09-2018, 20:57
  • 1 137
  • Dunyo
  • Qirgʻiziston prezidenti Usmonxon Alimovni qabul qildi
    Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekov poytaxt Bishkekda oʻtkazilgan “Maʼnaviy ipak yoʻli. Buyuk insoniy anʼanalar va zamonaviy tahdidlar” deb nomlangan konferensiya ishtirokchilari bilan uchrashdi.

    OʻMI Matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston muftiysidan tashqari Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Xitoy, Litva, Rossiya, Tojikiston va Estoniya muftiylari qatnashgan.

    Sooronbay Jeyenbekov uchinchi bor tashkil etilgan xalqaro anjuman dindorlar oʻrtasida hamjihatlikni mustahkamlanishiga va insonlar oʻrtasida toqatlilikni yoyishga yordam berishiga umid bildirdi.

    Diniy yetakchilar, din boʻyicha olimlar va ekspertlar ishtirokida xalqaro anjumanning tashkil etilishi ham davlat organlari, ham diniy tashkilotlar uchun foydali ekani taʼkidlandi.

    Uchrashuvda “Maʼnaviy ipak yoʻli” konferensiyasining navbatdagisi 2019 yili Qozogʻistonda boʻlib oʻtishi maʼlum qilindi.

    » » Qirgʻiziston prezidenti Usmonxon Alimovni qabul qildi