12:15 / 18.09.2018
4 946

Qatar amiri Erdoʻgʻonga dunyodagi eng qimmat samolyotni sovgʻa qildi

Qatar amiri Erdoʻgʻonga dunyodagi eng qimmat samolyotni sovgʻa qildi
Qatar amiri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga 500 million dollar qiymatga ega lyuks klassdagi “Boeing 747-8” rusumli samolyotni sovgʻa qildi. Bu xabarni Erdoʻgʻonning oʻzi ham tasdiqladi. Bu haqda “Xabar” nashri maʼlum qilmoqda.

Avvalroq Turkiya matbuoti Qatar amiri Tamim ibn Hammod as-Soniy Turkiya prezidentiga dunyodagi eng ulkan va eng qimmat shaxsiy samolyotni sovgʻa qilgani haqida xabar bergan edi. Havo kemasi 94 kishini oʻz bagʻriga oladi.

“Besh yuz million dollar qiymatga ega bu samolyot sotuvga qoʻyilgan edi. Biz unga qiziqib qoldik. Qatar amiri bundan xabar topib, bu havo kemasini menga emas, shaxsan Turkiyaga sovgʻa qildi. Ayni paytda samolyot boʻyalyapti. Boʻyash ishlari tugashi bilan uni olib kelamiz”, – degan Erdoʻgʻon Ozarbayjondan qaytayotib jurnalistlar bilan samolyotdagi muloqotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar amiri Erdoʻgʻonga dunyodagi eng qimmat samolyotni sovgʻa qildi