Rossiyaning Il-20 samolyoti bortida 14 nafar harbiy xizmatchi bilan Suriya havo mudofaasi kuchlari tomonidan urib tushirilgan boʻlishi mumkin. Bu haqda CNN telekanaliga tayangan holda Kun.uz xabar bermoqda.
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, samolyot Isroil harbiy-havo kuchlarining hujumini qaytarish paytida tasodifan urib tushirilgan. Hukumatdagi yana bir manbaning tasdiqlashicha, Suriyaning Lataqiya viloyatiga zarbalar Isroil samolyotlari tomonidan berilgan.
Avvalroq, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentyabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yoʻqotgani xabar qilingandi.
Maʼlum qilinishicha, 17 sentyabr kechki vaqt Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Lataqiya shahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning taʼkidlashicha, hujum dengizdan amalga oshirilgan, bir necha raketa moʻljalgacha urib tushirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi